+998 55 301 04 01 Ixm407@piima.uz Piridastgir kochasi 11A, Buxoro shahar
Hozir yopiq · 08:00 – 17:00
Barcha yangiliklarga qaytish
Yangilik 1 daqiqa o‘qish

Xalqaro ta’lim imkoniyatlari va TOEFL iBT

Xalqaro ta’lim imkoniyatlari va TOEFL iBT
Maqola
Matn o‘lchami

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Buxoro filialida o‘quvchilarimiz uchun xalqaro ta’lim va ingliz tilini baholash tizimlariga bag‘ishlangan mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirimizda ETSning Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Sholpan Yergaliyeva mehmon sifatida ishtirok etib, o‘quvchilarimizga TOEFL iBT testi va uning xalqaro ta’limdagi imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
🎓 Xorijda ta’lim olish imkoniyatlari
Uchrashuv davomida o‘quvchilar TOEFL iBT sertifikati orqali xorijiy universitetlarga hujjat topshirish, ingliz tili darajasini xalqaro miqyosda tasdiqlash hamda chet elda ta’lim olish imkoniyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, TOEFL iBT natijalaridan universitetlarga qabul jarayonida qanday foydalanish mumkinligi va yuqori natija olishning akademik imkoniyatlarga ta’siri haqida tushuntirishlar berildi.

Fotolavhalar (2 ta rasm)

Kattalashtirib to‘liq ko‘rish uchun istalgan fotosurat ustiga bosing