🏫 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Buxoro filialida o‘quvchilarning ta’lim muhitiga moslashuvi, psixologik holati va jamoaga integratsiyalashuvini o‘rganish maqsadida psixologik diagnostika ishlari olib borilmoqda.
🔹 Bugun 7-WHITE va 9-GREEN sinf o‘quvchilari bilan psixologik “Moslashuv testi” o‘tkazildi.
📋 Mazkur diagnostika orqali o‘quvchilarning yangi ta’lim muhiti va jamoaga moslashish darajasi, o‘zaro munosabatlari hamda ta’lim jarayoniga psixologik tayyorgarligi o‘rganildi.
🌱 Psixologik diagnostika natijalari o‘quvchilarni individual qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.