+998 55 301 04 01 Ixm407@piima.uz Piridastgir kochasi 11A, Buxoro shahar
Hozir yopiq · 08:00 – 17:00
Barcha yangiliklarga qaytish
Yangilik 1 daqiqa o‘qish

EducationUSA vakili bilan ilhomlantiruvchi uchrashuv

EducationUSA vakili bilan ilhomlantiruvchi uchrashuv
Maqola
Matn o‘lchami

EducationUSA’ning O‘zbekistondagi rahbar vakili Jamila Nasriddinovaning maktabimizga tashrifi biz uchun oddiy uchrashuv emas, balki o‘quvchilarimizga ko‘rsatilgan yuksak e’tibor va katta motivatsiya bo‘ldi.
Tashrif davomida o‘quvchilarimiz Jamila Nasriddinova bilan samimiy va mazmunli suhbatda bo‘lishdi. Uchrashuv davomida ular AQSh universitetlarida ta’lim olish uchun qanday hujjatlar kerakligi, qaysi testlarni topshirish lozimligi, universitetlarga hujjat topshirish jarayoni va bu yo‘lda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
🎁 Uchrashuv yakunida Jamila Nasriddinova o‘quvchilarimizga kichik sovg‘alar ham ulashdi. Bu sovg‘alar shunchaki esdalik emas, balki katta maqsad va ramziy ma’noga ega bo‘lgan motivatsiya bo‘ldi.
Biz ushbu uchrashuvdan yana bir muhim xulosani oldik: ilm olish, izlanish va o‘z ustida tinimsiz ishlash orqali inson yuksak marralarni zabt etishi mumkin.

Harakat esa — muvaffaqiyat kaliti!📚✨

Fotolavhalar (3 ta rasm)

Kattalashtirib to‘liq ko‘rish uchun istalgan fotosurat ustiga bosing