🏫 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Buxoro filialida kecha o‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining maktab bosqichi bo‘lib o‘tdi.
📚 Bellashuv davomida ishtirokchilarning mantiqiy va tanqidiy fikrlashi, tezkor qaror qabul qilishi, bilimlarni amaliy vaziyatlarda qo‘llay olishi hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
🤝 O‘yin jarayonida jamoalar o‘zaro hamjihatlikda fikr almashib, murakkab savollarga mantiqiy yondashuv asosida javob topishga intildilar.
🌟 “Zakovat” — bilim, tafakkur va jamoaviy hamkorlik uyg‘unligi!
🏆 Barcha ishtirokchilarga kelgusi bosqichlarda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!